Published September 25, 2026
| Version v1
Conference paper
Open
QORA SAKSOVUL (HALOXYLON APHYLLUM) RIZOBAKTERIYALARI: O'RGANILISH DARAJASI VA BIOTEXNOLOGIK XUSUSIYATLARINING TAHLILI
Authors/Creators
- 1. O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali, Biotexnologiya kafedrasi mustaqil izlanuvchisi
- 2. O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali, Biotexnologiya kafedrasi professori, b.f.d.
Description
Ushbu maqolada qora saksovul (Haloxylon aphyllum) rizobakteriyalarining o'rganilish darajasi, biologik xususiyatlari va biotexnologik potensiali tahlil qilingan. H. aphyllumning qurg'oqchilik, yuqori harorat va tuproq sho'rlanishi kabi ekstremal ekologik omillarga moslashishida rizosfera mikroorganizmlarining roli yoritilgan. Adabiyotlar tahlili asosida qora saksovul bilan assotsiatsiyalangan bakteriyalarning taksonomik xilma-xilligi, o'simlik o'sishini rag'batlantiruvchi xususiyatlari, jumladan, indol-3-sirka kislotasi (IAA), sideroforlar va ACC-deaminaza sintezi, fosfatlarni mobilizatsiya qilish hamda azot fiksatsiyasidagi ishtiroki umumlashtirilgan.