BALIQKO'Z(Climacoptera lanata.) O'SIMLIGINING ILDIZ RIZOSFERASIDAGI MIKROORGANIZMLARNI AJRATIB OLISH VA IDENTIFIKATSIYA QILISH METODLARI
Authors/Creators
- 1. Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali magistranti
Description
Ushbu tezisda baliqko'z o'simligi ildiz rizosferasida uchraydigan mikroorganizmlarni ajratib olish va identifikatsiya qilishning mikrobiologik, biokimyoviy hamda molekulyar-genetik usullari yoritilgan. Rizosfera o'simlik ildizi bilan bevosita bog'liq bo'lgan tuproq muhiti bo'lib, unda o'simlik ildizidan ajraladigan moddalar mikroorganizmlarning rivojlanishiga ta'sir ko'rsatadi. Rizosferadagi mikroorganizmlarni o'rganishda tuproq namunasini olish, ketma-ket suyultirish, oziqa muhitlariga ekish, sof kulturalarni ajratish, morfologik va biokimyoviy xususiyatlarni aniqlash hamda 16S rRNK va ITS markerlari asosida molekulyar identifikatsiya qilish usullaridan foydalanish mumkin [1–4]. Bunday tadqiqotlar o'simlik bilan mikroorganizmlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni aniqlash va o'simlik o'sishini rag'batlantiruvchi foydali mikroorganizmlarni izlashda muhim ahamiyatga ega [5].