Published September 25, 2026 | Version v1

CYNARA SCOLYMUS L. O'SIMLIGIDAN FENOLIK BIRIKMALARNI AJRATIB OLISH JARAYONINI BIOTEXNOLOGIK OPTIMALLASHTIRISH

  • 1. Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali magistranti

Description

Ushbu tezisda Cynara scolymus L. o'simligidan biologik faol fenolik birikmalarni ajratib olish va ekstraksiya jarayonini samarali tashkil etish masalalari o'rganiladi. Artishok tarkibida xlorogen kislota, kofein kislota, sinarin, kofeoilxin kislota hosilalari va luteolin kabi biologik faol moddalar mavjud. Ularni ajratib olishda ultratovush va mikroto'lqin yordamidagi ekstraksiya hamda fermentativ oldindan ishlov berish usullaridan foydalanish imkoniyatlari ko'rib chiqiladi. Ekstraksiya samaradorligiga harorat, vaqt, erituvchi tarkibi va xomashyo–erituvchi nisbati kabi omillarning ta'siri tahlil qilinadi. Ushbu omillar uchun maqbul sharoitlarni aniqlashda javob sirt metodologiyasidan foydalanish mumkinligi ko'rsatiladi. Olingan ekstraktlarning fenolik tarkibi va antioksidant faolligini baholash uchun zamonaviy analitik usullardan foydalanish tavsiya etiladi.

Files

CYNARA SCOLYMUS L. O‘SIMLIGIDAN FENOLIK BIRIKMALARNI AJRATIB OLISH JARAYONINI BIOTEXNOLOGIK OPTIMALLASHTIRISH.pdf