HARAKAT JADALLIGINI BASHORAT QILISHDA SUN'IY INTELLEKT VA NEYRON TARMOQLARI ALGORITMLARINI QO'LLASH USLUBIYOTI
Authors/Creators
- 1. O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali, Amaliy matematika kafedrasi dotsenti, t.f.n.
- 2. O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali, Amaliy matematika mutaxassisligi magistranti
Description
Mazkur maqolada shahar transport oqimlarida harakat jadalligini bashorat qilish masalasini sun'iy intellekt va neyron tarmoqlari yordamida hal etish uslubiyoti ko'rib chiqiladi. Harakat jadalligi yo'l uchastkasidan ma'lum vaqt oralig'ida o'tuvchi transport vositalari sonini ifodalovchi muhim ko'rsatkich bo'lib, uning o'zgarishi vaqt, yo'l sharoiti, transport vositalari tezligi, zichlik, svetofor rejimi, ob-havo va boshqa omillarga bog'liq. Maqolada ma'lumotlarni yig'ish va tayyorlash, muhim belgilarni tanlash, neyron tarmog'ini o'qitish, modelni baholash hamda kelajakdagi harakat jadalligini aniqlash bosqichlari izchil bayon etiladi. Shuningdek, bashorat natijalaridan transport oqimini boshqarish va tirbandlikni oldindan aniqlashda foydalanish imkoniyatlari yoritiladi.