Published September 25, 2026 | Version v1

BACILLUS THURINGIENSIS ASOSIDAGI BIOINSEKTITSIDLARNING TUPROQ EKOLOGIK HOLATIGA TA'SIRI

  • 1. Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali, Biotexnologiya kafedrasi

Description

Bacillus thuringiensis (Bt) asosidagi bioinsektitsidlar qishloq xo'jaligi zararkunandalariga qarshi samarali biologik vositalardan biri hisoblanadi. Bt tomonidan ishlab chiqariladigan insektitsid oqsillar tuproqqa o'simlik qoldiqlari, ildiz ajratmalari hamda bioinsektitsidlarni qo'llash jarayonida tushishi mumkin. Tuproqqa tushgan Bt oqsillarining saqlanishi, parchalanishi va tuproq mikroorganizmlari bilan o'zaro ta'siri tuproq ekologik holatiga ta'sir ko'rsatishi mumkin. Shu sababli Bt asosidagi bioinsektitsidlarning tuproqning fizik-kimyoviy xususiyatlari va mikrobiologik holatiga ta'sirini o'rganish ularning ekologik xavfsizligini baholashda muhim ahamiyatga ega.

Files

BACILLUS THURINGIENSIS ASOSIDAGI BIOINSEKTITSIDLARNING TUPROQ EKOLOGIK HOLATIGA TA’SIRI.pdf