TRANSPORT-LOGISTIKA TIZIMIDA MARSHRUTLARNI GRUCTM-MPC MODELI ORQALI ADAPTIV BOSHQARISH
Authors/Creators
- 1. O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali, Kompyuter ilmlari va dasturlashtirish kafedrasi assistent o'qituvchisi
- 2. O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali talabasi
Description
Ushbu tezisda transport-logistika tizimlarida marshrutlarni adaptiv boshqarish masalasi ko'rib chiqilgan. Zamonaviy sharoitda yuk oqimlarining ortib borishi, shahar infratuzilmasidagi tirbandliklar va yetkazib berish muddatlariga bo'lgan talablarning kuchayishi an'anaviy statik marshrutlash usullarining samaradorligini pasaytirmoqda. Shu sababli, real vaqt rejimida o'zgaruvchan sharoitlarga moslasha oladigan intellektual boshqaruv tizimlariga ehtiyoj ortib bormoqda. Mazkur ishda GRU (Gated Recurrent Unit) neyron tarmog'i, CTM (Cell Transmission Model) makroskopik trafik modeli va MPC (Model Predictive Control) boshqaruv strategiyasini birlashtirgan gibrid arxitektura taklif etiladi. Taklif etilgan model transport oqimini qisqa muddatli prognozlash, tarmoq bo'ylab oqimlarning fazoviy tarqalishini modellashtirish va bashorat gorizonti ichida optimal marshrut qarorlarini qabul qilish imkonini beradi. Natijada yetkazib berish vaqtini qisqartirish, transport xarajatlarini kamaytirish va tarmoq resurslaridan samarali foydalanishga erishiladi.