Published September 25, 2026 | Version v1

SUN'IY INTELLEKTNING ZAMONAVIY AXBOROT TIZIMLARIGA INTEGRATSIYASI TAMOYILLARI VA AMALIYOTI

  • 1. O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali o'qituvchisi
  • 2. O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali talabasi

Description

Maqolada sun'iy intellekt (SI) texnologiyalarini zamonaviy axborot tizimlariga (AT) integratsiya qilishning tushunchaviy asoslari, arxitektura tamoyillari va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Integratsiyaning to'rt modeli — tayyor modul, API-xizmat, o'z modelini MLOps asosida ishlab chiqish va generativ modellarga tayanadigan RAG-arxitektura — qiyosiy o'rganilib, yetti tamoyildan iborat tizim asoslab berilgan. McKinsey va Stanford HAI hisobotlari asosida 2017– 2025-yillarda tashkilotlarda SI dan foydalanish dinamikasi ko'rib chiqilgan, xalqaro (ES SI qonuni, NIST AI RMF, ISO/IEC 42001) va milliy (PQ-358-son qarori) me'yoriy asoslar solishtirilgan. Adabiyotlar tahlili integratsiya muvaffaqiyati modelning algoritmik sifatidan ko'ra ma'lumotlar sifati, hayot siklini boshqarish va inson nazorati kabi tashkiliy-texnik omillarga ko'proq bog'liqligini ko'rsatib berdi.

Files

SUN’IY INTELLEKTNING ZAMONAVIY AXBOROT TIZIMLARIGA INTEGRATSIYASI TAMOYILLARI VA AMALIYOTI.pdf