Published September 25, 2026
| Version v1
Conference paper
Open
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA KREATIV TA'LIM MUHITINI LOYIHALASH
Authors/Creators
- 1. O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali
Description
Maqolada oliy ta'lim muassasalarida raqamli texnologiyalar asosida kreativ ta'lim muhitini loyihalash masalalari yoritilgan. Elektron axborot-ta'lim muhitining tarkibiy qismlari (elektron axborot resurslari, axborot-telekommunikatsiya texnologiyalari, texnik vositalar va elektron ta'lim resurslari) mavjudligining o'zi kreativ muhitni vujudga keltirmasligi, ular maxsus pedagogik loyihalash orqali kreativlikni rivojlantiruvchi yaxlit tizimga aylantirilishi zarurligi asoslangan. Virtual va kengaytirilgan reallik, gamifikatsiyalashgan platformalar va ta'lim analitikasi kabi raqamli texnologiyalar tasniflanib, ularning kreativ ta'lim muhitidagi funksional o'rni tahlil qilingan.