SUN'IY INTELLEKT ASOSIDAGI FISHING VA IJTIMOIY MUHANDISLIK HUJUMLARINI ANIQLASH TIZIMLARI: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR TAHLILI
Authors/Creators
- 1. O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali o'qituvchisi
- 2. O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali talabasi
Description
Ushbu maqolada sun'iy intellekt (SI) texnologiyalari asosida fishing va ijtimoiy muhandislik hujumlarini aniqlash tizimlari ilmiy-tahliliy nuqtai nazardan yoritilgan. Avvalo, generativ sun'iy intellektning kiberjinoyatchilar tomonidan qanday tarzda hujumlarni murakkablashtirish uchun qo'llanilayotgani statistik ma'lumotlar asosida ko'rsatib o'tilgan. So'ngra fishingga qarshi kurashda qo'llaniladigan asosiy mashinaviy o'qitish (Random Forest, Gradient Boosting, gibrid ansambl modellari), chuqur o'qitish va tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) usullari, shuningdek xulq-atvor tahliliga asoslangan anomaliyalarni aniqlash tizimlari ilmiy manbalar asosida tahlil qilingan. Turli tadqiqotlarda qo'lga kiritilgan aniqlik ko'rsatkichlari (93–99% oralig'ida) taqqoslangan va ularning amaliy qo'llanilish sohalari misollar bilan izohlangan.