RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA HUDUDIY BANDLIK VA MEHNAT UNUMDORLIGI O'RTASIDAGI BOG'LIQLIKNI DINAMIK PANEL MODELI ASOSIDA BAHOLASH
Authors/Creators
- 1. Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali, Iqtisodiyot va turizm kafedrasi assistenti
Description
Mazkur tezisda raqamli iqtisodiyot sharoitida hududiy bandlik va mehnat unumdorligi o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni dinamik panel ma'lumotlari asosida baholashning ekonometrik yondashuvlari yoritiladi. Tadqiqotda hududlarning vaqt davomida shakllangan iqtisodiy xususiyatlari, bandlikning inertligi va raqamlashtirish omillarining kechikkan ta'sirini hisobga olish zarurati asoslanadi. Dinamik panel modeli, Arellano–Bond GMM usuli, stasionarlik, avtokorrelyatsiya va instrumental o'zgaruvchilarning haqiqiyligini tekshirish vositalari asosida bandlik va mehnat unumdorligi o'rtasidagi sababiy bog'lanishni chuqurroq aniqlash taklif etiladi. Ushbu yondashuv hududiy mehnat bozori siyosatini ma'lumotlarga asoslangan holda shakllantirish uchun metodologik asos yaratadi.