Published September 25, 2026 | Version v1

HUDUDLAR KESIMIDA RAQAMLI RIVOJLANISH VA AHOLI DAROMADLARI O'RTASIDAGI BOG'LIQLIKNI PANEL MA'LUMOTLAR ASOSIDA EKONOMETRIK BAHOLASH

  • 1. Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali, Iqtisodiyot va turizm kafedrasi assistenti

Description

Mazkur tezisda O'zbekiston hududlarida raqamli rivojlanish darajasi va aholi daromadlari o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni ekonometrik usullar orqali baholashning nazariy va uslubiy jihatlari tadqiq etiladi. Hududlar bo'yicha shakllantirilgan panel ma'lumotlar asosida aholi jon boshiga real daromadlarning internetdan foydalanish darajasi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari hajmi, bandlik, investitsiyalar, mehnat unumdorligi va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy omillarga bog'liqligini aniqlash taklif etiladi. Panel regressiya, korrelyatsion tahlil, Fixed Effects va Random Effects modellaridan foydalanish hududlar o'rtasidagi kuzatilmaydigan farqlarni hisobga olish imkonini beradi. Tadqiqot natijalaridan hududlarda raqamli transformatsiya va aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan iqtisodiy siyosatni takomillashtirishda foydalanish mumkin.

Files

HUDUDLAR KESIMIDA RAQAMLI RIVOJLANISH VA AHOLI DAROMADLARI O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIKNI PANEL MA’LUMOTLAR ASOSIDA EKONOMETRIK BAHOLASH.pdf