SUN'IY INTELLEKT VOSITALARI ASOSIDA BO'LAJAK CHET TILI O'QITUVCHILARINING KASBIY-METODIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI
Authors/Creators
- 1. Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali
Description
Mazkur tezisda sun'iy intellekt vositalaridan bo'lajak chet tili o'qituvchilarining kasbiy-metodik kompetensiyasini rivojlantirishda foydalanish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Kasbiy-metodik kompetensiya bo'lajak o'qituvchining pedagogik va lingvodidaktik bilimlarini amaliy faoliyatda qo'llashi, darsni loyihalashi, o'quv materiallarini tanlashi va moslashtirishi, baholash hamda refleksiyani amalga oshirishi bilan bog'liq integrativ kasbiy sifat sifatida talqin etiladi. Sun'iy intellekt vositalarining darsni rejalashtirish, o'quv materiallari yaratish, differensial topshiriqlar tayyorlash, teskari aloqa va pedagogik refleksiyani tashkil etishdagi imkoniyatlari ochib beriladi. Bo'lajak chet tili o'qituvchilarining AI integratsiyalashgan kasbiy-metodik kompetensiyasini motivatsion-aksiologik, kognitiv, amaliy-metodik, raqamli-AI hamda refleksiv-etik komponentlar asosida rivojlantirish taklif etiladi.