Published September 25, 2026 | Version v1

ERTAKLARNING MAVZUIY TURLARIDA BO'RI OBRAZINING O'RNI VA VAZIFALARI

  • 1. Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali, Psixologiya fakulteti, Xorijiy tillar kafedrasi katta o'qituvchisi

Description

Ushbu maqolada o'zbek xalq ertaklarining mavzuiy turlarida bo'ri obrazining o'rni, badiiy-estetik vazifalari va poetik talqini tadqiq etiladi. Xalq ertaklarining hayvonlar haqidagi, sehrli-fantastik hamda maishiy-hayotiy turlarida bo'ri obrazining o'ziga xos xususiyatlari qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Sehrli-fantastik ertaklarda bo'rining g'ayritabiiy qobiliyatlari, inson qiyofasiga kirishi, gapirishi, qahramonga yordam berishi va epik homiy sifatidagi funksiyasi ochib beriladi. Hayvonlar haqidagi ertaklarda esa bo'ri obrazi totemistik va majoziy qarashlar bilan bog'liq holda, ko'pincha ochko'zlik, zo'ravonlik, nodonlik va qonxo'rlik kabi salbiy xususiyatlar timsoli sifatida namoyon bo'lishi ko'rsatiladi. Maishiy-hayotiy ertaklarda bo'rining real hayotiy mazmundagi obrazi tahlil qilinadi. Shuningdek, bo'ri obrazining xalq bolalar o'yinlari va afsonalaridagi talqini ham yoritilib, uning folklordagi qadimiy, an'anaviy va ko'p funksional obrazlardan biri ekanligi asoslanadi. Maqolada bo'ri obrazining turli janr va syujetlardagi o'zgaruvchan semantik xususiyatlari uning xalqning mifologik, ijtimoiy va axloqiy qarashlarini ifodalashdagi ahamiyatini belgilashi ko'rsatiladi.

Files

ERTAKLARNING MAVZUIY TURLARIDA BO‘RI OBRAZINING O‘RNI VA VAZIFALARI.pdf

Files (693.5 kB)