Published October 1, 2026 | Version v1

SUG'URTA DA'VOLARINING INTENSIVLIGI, QANOATLANTIRILISH DARAJASI VA KONFLIKTLI HOLATLAR DINAMIKASINI BAHOLASH

  • 1. TDIU Umumiqtisodiy fanlar kafedrasi ,katta oqituvchi

Description

Maqolada sug'urta da'volari intensivligi, ularning qanoatlantirilish darajasi va nizoli holatlar dinamikasini baholashning nazariy-uslubiy asoslari ko'rib chiqiladi. Tadqiqotda O'zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining 2025-yil I yarim yilligi va 2026-yil I yarim yilligi yakunlariga oid ochiq statistikasi, Xalqaro sug'urta nazoratchilari assotsiatsiyasining (IAIS) sug'urta faoliyatini yuritish tamoyillari hamda EIOPA iste'molchilar tendensiyalari hisobotlari qiyosiy-tahliliy usulda o'rganildi. Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, umumiy sug'urta sohasida kelib tushgan da'volar soni 112 190 tadan 137 727 taga, ya'ni 22,8 foizga oshgan; qanoatlantirilgan da'volar ulushi esa 92,9 foizdan 93,7 foizga ko'tarilgan. Hayot sug'urtasi bo'yicha da'volar soni 16 763 tadan 33 168 taga yetgan. Maqolada da'volar intensivligini faqat mutlaq son bilan emas, sug'urta shartnomalari yoki mukofotlar hajmiga nisbatan baholash, rad etish va kechikish sabablarini tasniflash hamda nizolarni yagona indikatorlar tizimi orqali kuzatish taklif etiladi. Ochiq statistikada sudgacha va sud orqali hal etilgan nizolar to'liq aks etmagani tadqiqotning muhim cheklovi sifatida qayd etiladi.

Files

OSB-2026-00575.pdf

Files (576.2 kB)

Name Size
md5:3ec5eb244bfa74086315f245db0b7386
576.2 kB Preview Download