Published October 10, 2026
| Version v1
Journal article
Open
JANUBIY KOREYADAGI O'ZBEK TALABALAR HAMJAMIYATINING INSTITUTSIONALIZATSIYA JARAYONLARI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI (2000–2025)
Authors/Creators
- 1. Magistr,tarix fani o'qituvchisi, Najot ta'lim maktabi, Namangan shahar, O'zbekiston respublikasi
Description
Mazkur maqola XXI asr boshlaridan bugungi kunga qadar Janubiy Koreyada shakllangan o'zbek talabalar hamjamiyatining evolyutsion rivojlanish bosqichlarini tahlil qiladi. Tadqiqotda ta'lim migratsiyasi uchta asosiy davrga bo'lib o'rganilgan: 1) "Elita va kashfiyotchilar" davri (2000–2010); 2) "Ommaviylashuv va institutsionalizatsiya" davri (2010–2020); 3) "Post-pandemik raqamli transformatsiya" davri (2020–2025). Shuningdek, maqolada KOUSSA, KOUSC kabi talabalar uyushmalarining ijtimoiy kapitalni shakllantirishdagi roli hamda davlat va nodavlat qo'llab-quvvatlash tizimlarining samaradorligi baholangan. Statistik tahlillar va hujjatlarni o'rganish asosida o'zbek talabalarining Koreyadagi "vaqtinchalik mehmon" statusidan "barqaror diaspora"ga o'tayotganligi ilmiy asoslangan.