Published October 12, 2026 | Version v1

SAMARQAND MUZEYLARIDA INKLYUZIV MUHITNI SHAKLLANTIRISH: TASHRIF BUYURUVCHILAR EHTIYOJLARI VA XIZMATLARNI TAKOMILLASHTIRISH

  • 1. "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 2-bosqich talabasi Ilmiy rahbar: Muslima Amiriddinova, PhD "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti dotsenti

Description

Mazkur tadqiqot Samarqand muzeylarida turli ehtiyojlarga ega tashrif buyuruvchilar uchun inklyuziv muhit yaratish va muzey xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga bag'ishlangan. Jismoniy muhitning qulayligi, axborotning tushunarliligi, raqamli vositalardan foydalanish hamda xizmat ko'rsatish sifati asosiy tahlil yo'nalishlari sifatida tanlangan. Ilmiy manbalarni o'rganish va so'rovnoma natijalarini tahlil qilish orqali inklyuziv muzey xizmatlarini rivojlantirish imkoniyatlari aniqlangan. Olingan natijalar muzey infratuzilmasi va xizmatlarini tashrif buyuruvchilarning individual ehtiyojlariga moslashtirish, ma'lumotlarni turli formatlarda taqdim etish hamda xodimlarning inklyuziv xizmat ko'rsatish bo'yicha malakasini oshirish muhimligini ko'rsatadi. Tadqiqot asosida muntazam inklyuzivlik auditini tashkil etish, foydalanish uchun qulay raqamli vositalarni joriy etish va xizmatlarni takomillashtirishda tashrif buyuruvchilarning fikrini hisobga olish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Files

GED-2026-12821.pdf

Files (6.1 MB)

Name Size
md5:eb0f0ba199bf735f3074efb96f89616d
6.1 MB Preview Download

Additional details

Related works