GENERATIV SUN'IY INTELLEKT VA JURNALISTIKA: KASBIY STANDARTLARNING YANGI TRANSFORMATSIYASI
Authors/Creators
- 1. Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti stajyor-oʻqituvchisi
Description
Mazkur maqolada generativ sun'iy intellekt texnologiyalarining internet jurnalistikasi faoliyatiga ta'siri va uning natijasida shakllanayotgan yangi kasbiy standartlar tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy e'tibori generativ sun'iy intellektdan yangiliklarni izlash, matnni tayyorlash, tarjima, transkripsiya, ma'lumotlarni umumlashtirish va multimedia kontentini ishlab chiqishda foydalanish jarayonida jurnalistik verifikatsiya, manba shaffofligi, aniqlik va tahririy javobgarlikning oʻzgarishiga qaratilgan. Xalqaro tadqiqotlar va yirik media tashkilotlari tajribasi asosida generativ AI jurnalistik ishlab chiqarish samaradorligini oshirishi bilan bir qatorda, notoʻgʻri axborot, sun'iy yaratilgan vizual kontent, mualliflik va javobgarlik chegaralarining noaniqligi kabi muammolarni ham yuzaga keltirishi mumkinligi koʻrsatiladi. Reuters Institute tadqiqotlarida auditoriyaning AI yordamida tayyorlangan yangiliklarga munosabati inson nazorati darajasiga qarab farqlanishi aniqlangan. Ilmiy tadqiqotlar tahlili generativ AI sharoitida jurnalistning kasbiy rolini kontent ishlab chiqaruvchidan axborotning ishonchliligi va kelib chiqishini baholovchi professional subyekt sifatida qayta koʻrib chiqish zarurligini koʻrsatadi. Maqolada internet jurnalistikasi uchun sun'iy intellektdan foydalanishning verifikatsiya, shaffoflik, inson nazorati va tahririy javobgarlikka asoslangan amaliy mezonlari taklif etiladi.