RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA JURNALISTIKANING PROFESSIONAL STANDARTLARI: "XALQ SOʻZI" TAJRIBASI
Authors/Creators
- 1. Filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent, DSc doktoranti, Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent, Oʻzbekiston
Description
Maqolada an'anaviy bosma nashrning raqamli media muhitiga moslashuvi va ushbu jarayonning jurnalistikaning professional standartlariga ta'siri “Xalq soʻzi” gazetasi tajribasi asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi raqamli texnologiyalar jurnalistik materialni yaratish, tarqatish va auditoriya bilan kommunikatsiya qilish mexanizmlarini oʻzgartirayotgan bir sharoitda professional mezonlarning mazmuni va amaliy qoʻllanish shakllarini aniqlash zarurati bilan belgilanadi. Tadqiqotda kontentni tahlil qilish, qiyosiy tahlil, kuzatish va mediakonvergensiya tahlili usullaridan foydalanildi. Empirik material sifatida “Xalq soʻzi” gazetasining bosma nashrlari, elektron arxivi, rasmiy veb-sayti va raqamli platformalaridagi materiallar oʻrganildi. Xususan, bosma gazetaning birinchi sahifasida QR-koddan foydalanish amaliyoti hamda sayt, Telegram va YouTube kabi raqamli kanallarning shakllanishi tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari raqamli transformatsiya jurnalistikaning aniqlik, ishonchlilik, manba bilan ishlash, kontekstual yoritish va tahririy mas'uliyat kabi asosiy professional tamoyillarini bekor qilmasligini, aksincha, ularni yangi texnologik va kommunikativ sharoitlarda amalga oshirish mexanizmlarini kengaytirishini koʻrsatadi.