Published October 3, 2026
| Version v1
Conference paper
Open
«Raqamli pedagogika sharoitida boshlang'ich sinflarda til o'qitishning zamonaviy metodik yondashuvlari»
Authors/Creators
- 1. Nizomiy nomidagi O'zbekiston milliy pedagogika universiteti
Description
Mazkur maqolada raqamli pedagogika sharoitida boshlang'ich sinflarda til o'qitishning zamonaviy metodik yondashuvlari yoritilgan. Maqsad — raqamli ta'lim resurslari va interaktiv metodlardan samarali foydalanish orqali o'quvchilarning til kompetensiyalarini rivojlantirish, o'qish, yozish, tinglash va og'zaki nutq ko'nikmalarini takomillashtirish usullarini aniqlashdan iborat. Usullar sifatida pedagogik kuzatuv, tahlil, taqqoslash, suhbat, o'quv jarayonini modellashtirish hamda raqamli ta'lim platformalaridan foydalanish usullari qo'llanildi. Asosiy natija sifatida multimediali materiallar, interaktiv mashqlar, elektron resurslar va raqamli o'yinlardan foydalanish o'quvchilarning darsdagi faolligini oshirishi, mustaqil ishlash ko'nikmalarini shakllantirishi hamda til materialini o'zlashtirish samaradorligini yaxshilashi aniqlandi. Shuningdek, individual va differensial yondashuv imkoniyatlari kengayishi kuzatildi. Xulosa sifatida raqamli texnologiyalarni an'anaviy metodlar bilan uyg'unlashtirish boshlang'ich sinflarda til ta'limini mazmunan boyitish va ta'lim sifatini oshirishga xizmat qilishi ta'kidlanadi.