Published October 3, 2026
| Version v1
Conference paper
Open
GETEROGEN O'QUV GURUHLARIDA ICHKI DIFFERENSIATSIYA: NEMIS TILI TA'LIMI UCHUN DIDAKTIK SHARTLAR VA IMKONIYATLAR
Description
Maqolada geterogen o'quv guruhlarida ichki differensiatsiyani qo'llashning didaktik shartlari va imkoniyatlari nemis tili ta'limi misolida o'rganilgan. Tadqiqotning maqsadi – turli ta'lim bosqichlari va o'quv fanlarida o'tkazilgan uchta empirik tadqiqot natijalarini qiyosiy tahlil qilish asosida ichki differensiatsiyaning muvaffaqiyat shartlarini aniqlash hamda ularni kattalar uchun nemis tili kurslariga moslashtirish. Tadqiqot metodlari sifatida ilmiy-pedagogik adabiyotlarni nazariy tahlil qilish, ikkilamchi ma'lumotlarni qiyosiy tahlil qilish, kontent-tahlil va umumlashtirish qo'llanildi. Tahlil uchun kattalar uchun nemis tili kursida o'tkazilgan harakat tadqiqoti, boshlang'ich sinfda tadqiqotga asoslangan o'qitish bo'yicha aralash metodli tadqiqot hamda o'qituvchilar bilan o'tkazilgan ekspert intervyulariga asoslangan sifat tadqiqoti tanlandi. Natijalar shuni ko'rsatdiki, ichki differensiatsiyaning samaradorligi dastlabki diagnostika, topshiriqlarni murakkablik darajasi bo'yicha tabaqalashtirish, o'quvchiga tanlov erkinligini berish, o'qituvchining metodik kompetensiyasi hamda vaqt va o'quv dasturining moslashuvchanligi kabi institutsional shartlarga bog'liq. Aniqlanishicha, o'quvchilar differensiatsiyani ko'pincha bevosita payqamaydi, biroq tanlov erkinligi va hamkorlikni ijobiy baholaydi. Xulosa sifatida ichki differensiatsiyaning besh komponentli modeli taklif etildi va uni O'zbekistondagi kattalar uchun nemis tili kurslarida qo'llash bo'yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.