Published October 3, 2026
| Version v1
Conference paper
Open
NEMIS VA O'ZBEK TILLARIDA RASMIY REGISTRNING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI
Authors/Creators
Description
Maqolada nemis va o'zbek tillaridagi rasmiy registrning leksik-semantik xususiyatlari qiyosiy-funksional jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda "registr" va "uslub" tushunchalari terminologik jihatdan farqlanib, rasmiy kommunikatsiyada til vositalarining tanlanishi kommunikativ vaziyat, institutsional me'yor, adresant va adresat o'rtasidagi masofa hamda standartlashgan kontekst bilan bog'liqligi asoslanadi. Nemis tilidagi Amts- und Behördensprache hamda o'zbek tilidagi rasmiy-idoraviy uslub materiallari asosida standartlashganlik, terminologik to'yinganlik, hissiy-ekspressiv betaraflik, shaxssizlik va nominallik kabi umumiy belgilar aniqlanib, shu bilan birga, rasmiylikning leksik ifodalanishida ikki tilning tipologik xususiyatlari sababli sezilarli farqlar mavjudligi ko'rsatiladi. Nemis tilida rasmiylik ko'pincha kitobiy, terminologik va institutsional leksika hamda uslubiy sinonimlarning rasmiy variantlari orqali, o'zbek tilida esa arab-fors qatlamiga mansub kitobiy birliklar, terminologik leksika va "ot + yordamchi fe'l" tipidagi analitik konstruksiyalar orqali yuzaga chiqishi dalillanadi.