Published October 10, 2026 | Version v1

BANK VA NOBANK MOLIYA INSTITUTLARINI BEVOSITA SOLIQQA TORTISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO'NALISHLARI

  • 1. Toshkent amaliy fanlar universiteti Bank va moliya kafedrasi, PhD, dotsent v.b

Description

Mazkur maqolada O'zbekiston tijorat banklari tomonidan 2023–2025-yillarda davlat budjetiga to'langan soliqlar tarkibi va dinamikasi tahlil qilingan. Tadqiqotning empirik bazasini 35 ta tijorat banki bo'yicha rasmiy soliq ma'lumotlari tashkil etadi. Tahlilda jami soliq tushumlari, foyda solig'i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i, qo'shilgan qiymat solig'i, mol-mulk, yer va suv soliqlari hamda boshqa soliqlar bo'yicha o'zgarishlar baholangan. Tadqiqot natijalari banklarning soliq yukida foyda solig'i va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i asosiy ulushni egallashini, biroq banklar kesimida soliq tushumlarining o'sish sur'atlari sezilarli darajada farqlanishini ko'rsatdi. 2025-yilda ayrim banklarda jami soliq to'lovlari keskin oshgan bo'lsa, ayrim banklarda pasayish kuzatilgan. Tadqiqot asosida tijorat banklaridan bevosita soliqlarni undirishni raqamlashtirish, riskka asoslangan soliq monitoringini joriy etish, foyda solig'i bazasini takomillashtirish va soliq tushumlarini hududlar kesimida boshqarish bo'yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

Files

GED-2026-12716.pdf

Files (5.6 MB)

Name Size
md5:5fe8b0b69859fdb58a39493755591f0d
5.6 MB Preview Download

Additional details

Related works