Published October 10, 2026
| Version v1
Journal article
Open
QISHLOQ XO'JALIGIDA SUV RESURSLARIDAN SAMARALI FOYDALANISHNING IQTISODIY JIHATLARI
Authors/Creators
- 1. Toshkent Davlat Agrar Universiteti stajyor-tadqiqotchisi
Description
Mazkur maqolada qishloq xo'jaligida suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanishning iqtisodiy jihatlari tadqiq etilgan. Suv resurslarining cheklanganligi, sug'oriladigan yerlarning meliorativ holati hamda suvga bo'lgan talabning ortib borishi sharoitida suvdan foydalanish samaradorligini oshirish qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining barqaror rivojlanishida muhim omil hisoblanadi. Tadqiqotda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini baholash, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishning iqtisodiy samarasi, suv sarfini kamaytirish orqali mahsulot tannarxini pasaytirish va hosildorlikni oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratilgan. Shuningdek, suv resurslarini iqtisodiy boshqarish, suvdan foydalanish xarajatlarini optimallashtirish hamda zamonaviy sug'orish texnologiyalariga investitsiyalar kiritishning iqtisodiy samaradorligi yoritilgan. Tadqiqot natijalari qishloq xo'jaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, fermer xo'jaliklarining daromadliligini oshirish va suv resurslarining uzoq muddatli barqarorligini ta'minlashga xizmat qilishi mumkin.