Published October 10, 2026 | Version v1

JAHON VA O'ZBEK ADABIYOTI ASARLARINI FANLARARO INTEGRATSIYA ASOSIDA O'QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

Description

Mazkur maqolada jahon va o‘zbek adabiyoti asarlarini fanlararo integratsiya asosida o‘qitishning nazariy-metodik asoslari yoritilgan. Adabiyot ta’limini tarix, ona tili, geografiya, tasviriy san’at, musiqa, falsafa hamda axborot texnologiyalari bilan integratsiyalashning didaktik imkoniyatlari tahlil qilingan. Badiiy asarni turli fanlarga oid bilimlar bilan bog‘liq holda o‘rganish o‘quvchilarning asar mazmunini yaxlit idrok etishi, tarixiy-madaniy kontekstni anglash, obraz va voqealarni ko‘p tomonlama tahlil qilish, mustaqil va ijodiy fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirishiga xizmat qilishi asoslangan. Fanlararo integratsiyani amalga oshirishning motivatsion-kontekstual, integrativ-axborot, badiiy-analitik, qiyosiy-integrativ, ijodiy-amaliy va refleksiv-baholash bosqichlaridan iborat metodik modeli taklif etilgan. Shuningdek, integrativ topshiriqlar va ularning samaradorligini baholash mezonlari ishlab chiqilgan.

Files

234-239.pdf

Files (465.4 kB)

Name Size
md5:88a878d4aec8ee1cb12fe4bf48dca48e
465.4 kB Preview Download