OLIY TA'LIM TASHKILOTLARIDA RAHBARLIK FAOLIYATINI SUN'IY INTELLEKT ASOSIDA MONITORING QILISH PROGNOZLI TAHLIL IMKONIYATLARI
Authors/Creators
Description
Maqolada oliy ta’lim tashkilotlarida rahbarlik faoliyatini monitoring qilishning nazariy-metodologik asoslari sun’iy intellekt texnologiyalari bilan bog‘liq holda tahlil qilinadi. Monitoringning diagnostika, baholash va rivojlantirish bosqichlari, rahbar faoliyatini KPI ko‘rsatkichlari asosida baholash imkoniyatlari hamda bashoratli tahlilning boshqaruv qarorlarini qo‘llab-quvvatlashdagi o‘rni yoritilgan. Xalqaro tajriba qiyosiy tahlil qilinib, O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida HEMIS infratuzilmasi asosida sun’iy intellektga tayangan monitoringni bosqichma-bosqich joriy etishning ustuvor shartlari aniqlashtirilgan. Natijalar monitoringni nazorat vositasidan rahbarlarning kasbiy rivojlanishini ta’minlaydigan proaktiv boshqaruv mexanizmiga aylantirish zarurligini ko‘rsatadi.