Published October 8, 2026 | Version v1

TARKIBIDA KOFEIN VA ORGANIK KISLOTALAR BO'LGAN ICHIMLIKLARNING SO'LAK BIOKIMYOVIY KO'RSATKICHLARIGA HAMDA TISH EMALI MIKROQATTIQLIGIGA NOJO'YA TA'SIRINI BAHOLASH

Authors/Creators

  • 1. Buxoro davlat tibbiyot instituti Bolalar stomatologiyasi kafedrasi assistenti, PhD

Description

Dolzarbligi. Zamonaviy jamiyatda turmush tarzining jadallashuvi hamda kognitiv va jismoniy faollikni oshirishga bo'lgan ehtiyoj energetik ichimliklarni iste'mol qilish hajmining keskin ortishiga olib keldi. Ayniqsa, o'smirlar, talabalar va mehnatga layoqatli yoshlar orasida ushbu mahsulotlarning ommalashuvi ommaviy salomatlik va profilaktik tibbiyotning jiddiy muammolaridan biriga aylandi. Tarkibida yuqori miqdorda kofein, taurin, organik kislotalar va tez o'zlashtiriluvchi uglevodlar bo'lgan ushbu ichimliklar butun organizm bilan birga og'iz bo'shlig'ining me'yoriy gomeostaziga ham to'g'ridan-to'g'ri nojo'ya taisir ko'rsatadi. Energetik ichimliklarning tish qattiq to'qimalariga salbiy ta'siri ularning past pH ko'rsatkichi (2,5–3,5) va yuqori darajadagi titrlanuvchi kislotaligi (asosan limon, olma va ortofosfat kislotalari) bilan bog'liq. Bu ko'rsatkich emalning kritik pH chegarasidan (5,5) sezilarli darajada past bo'lib, tish emalining noxush kislotali erishiga (eroziyaga) va minerals

Files

ZDTFV5I16P6698.pdf

Files (240.7 kB)

Name Size
md5:d0e72389ce9adb721bf404aee2693870
240.7 kB Preview Download