Published September 25, 2026
| Version v1
Conference paper
Open
SOYA GENOMIDA ESK1 GENINING ORTOLOGINI ANIQLASH VA ULARNI BIOINFORMATIK ANNOTATSIYA QILISH NATIJALARI
Description
TBL (TRICHOME BIREFRINGENCE-LIKE) genlar kichik oilasi vakili ESK1 (ESKIMO1, XOAT1, TBL29) geni o‘simliklarning osmotik stresslar xususan, sovuq, sho‘r hamda qurg‘oqchilik stresslariga moslashishining salbiy regulyatori sifatida ma’lum. Quyida soya (Glycine max (L.) Merr.) genomidagi ESK1 geni va uning ortologlarining funksional va bioinformatik tahlili bayon qilinadi.