NUMEROLOGIYA VA YONDOSH SOHALAR HAMKORLIGI
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada numerologiyaning psixologiya, falsafa, madaniyatshunoslik, tarix, astrologiya hamda boshqa yondosh sohalar bilan o‘zaro aloqasi va fanlararo xususiyatlari tahlil qilinadi. Numerologiyada sonlarning ramziy, semantik va madaniy mazmun kasb etishi, ularning inson tafakkuri, dunyoqarashi va turli madaniy an’analardagi talqini masalalariga e’tibor qaratiladi.
Shuningdek, numerologik qarashlarning tarixiy shakllanishi, sonlarning ramziy ma’nolarini izohlashda turli fan va sohalarning yondashuvlari hamda ular o‘rtasidagi metodologik aloqadorlik yoritiladi. Tadqiqotda numerologiyaning mustaqil ilmiy fan sifatidagi maqomi bilan bog‘liq masalalar ham nazariy jihatdan muhokama qilinib, numerologik qarashlarni madaniy-falsafiy hodisa sifatida o‘rganish imkoniyatlari ko‘rsatib beriladi. Natijada numerologiya va yondosh sohalar o‘rtasidagi integrativ aloqalar insonning sonlar orqali borliqni anglash va ramziy ma’nolarni shakllantirish jarayonlarini tushunishda muhim nazariy manba bo‘lishi mumkinligi asoslanadi.
Files
61-65.pdf
Files
(653.4 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:3160ca217fca4cb69ef3d60e25023935
|
653.4 kB | Preview Download |