Published September 25, 2026 | Version v1

FERMENTYORLARNING TUZILISHI, ASOSIY ELEMENTLARI VA TEXNOLOGIK XUSUSIYATLARI

  • 1. O'zMUJF Biotexnologiya kafedrasi mudiri
  • 2. O'zMUJF Biotexnologiya kafedrasi stajyor o'qituvchisi

Description

Ushbu maqolada biotexnologik ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan fermentyorlarning konstruktiv tuzilishi, funksional elementlari, ishlash prinsipi hamda fermentatsiya jarayonlarini samarali tashkil etishdagi ahamiyati yoritilgan. Fermentyorlarning rivojlanish tarixi, yuzaki va chuqur fermentatsiya usullarining o‘ziga xos xususiyatlari hamda turli biotexnologik mahsulotlarni olishdagi qo‘llanilish imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, fermentyorning asosiy konstruktiv qismlari, jumladan, aralashtirgich, impeller, barbotyor, baffle, sovitish g‘ilofi, inokulyatsiya va drenaj tizimlarining funksional vazifalari tavsiflangan. Fermentatsiya jarayonini boshqarishda harorat, pH, erigan kislorod konsentratsiyasi, bosim, aeratsiya va ko‘pik hosil bo‘lishi kabi muhim texnologik parametrlarning nazorat qilinishi hamda tegishli datchik va boshqaruv qurilmalarining ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Fermentyorlarga qo‘yiladigan asosiy texnologik, konstruktiv, sanitariya-gigiyenik va ekspluatatsion talablar umumlashtirilgan. Mazkur ma’lumotlar fermentatsiya jarayonlarining barqarorligini ta’minlash, mikroorganizmlarning optimal o‘sish sharoitlarini yaratish va maqsadli biotexnologik mahsulotlar hosildorligini oshirishda fermentyorlarning muhim rolini asoslaydi.

Files

FERMENTYORLARNING TUZILISHI, ASOSIY ELEMENTLARI VA TEXNOLOGIK XUSUSIYATLARI.pdf

Files (1.0 MB)