OROL DENGIZI QURIGAN TUBI O'SIMLIK ILDIZIDAN AJRATILGAN RHODOCOCCUS RUBER BAKTERIYASINING XUSUSIYATLARI VA BIOTEXNOLOGIK AHAMIYATI
Authors/Creators
- 1. Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universitetining Jizzax filiali
Description
Mazkur maqolada orol dengizining qurigan tubida o‘suvchi o‘simlik rizosferasidan ajratib olingan rhodococcus ruber bakteriyasining taksonomik, morfologik, fiziologik va biotexnologik xususiyatlari tahlil qilindi. Orol hududining yuqori sho‘rlanish, namlik tanqisligi va boshqa ekologik omillari sharoitida shakllangan mikroorganizmlarning moslanish xususiyatlariga alohida e’tibor qaratildi. R. Ruber ning turli organik birikmalardan foydalanish, uglevodorodlarni biodegradatsiya qilish hamda ifloslangan muhitlarni biologik tozalashdagi potensiali yoritildi.