BARQAROR TRANSPORT TIZIMLARINI TA'MINLASHDA JAMOAT TRANSPORTINING O'RNI
Authors/Creators
- 1. O'z MUJF Amaliy matematika kafedrasi dotsenti, t.f.n.
- 2. O'z MUJF Barqaror trasport ta'lim yo'nalishi talabasi
Description
Mazkur maqolada zamonaviy shaharsozlik va urbanizatsiya jarayonlarida barqaror transport tizimlarini shakllantirishda jamoat transportining tutgan o‘rni, ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik jihatlari tadqiq etilgan. Shaharlarda shaxsiy avtomobillar sonining keskin ortishi natijasida yuzaga kelayotgan ekologik inqiroz va transport tirbandliklari iqtisodiy o‘sishga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Maqolada ushbu muammolarning samarali yechimi sifatida jamoat transportining ekologik turlarini (Metro, BRT, LRT) rivojlantirish va ularni MOD (Mobility Oriented Development) strategiyasi asosida integratsiyalash zaruriyati ilmiy asoslab berilgan. Jamoat transportining uglerod chiqindilarini kamaytirishdagi ekologik samaradorligi, yo‘l vaqti va yoqilg‘ini tejashdagi iqtisodiy afzalliklari hamda aholi uchun inklyuziv harakatlanish muhitini yaratishdagi ijtimoiy roli ochib berilgan.