IKKI QATLAMLI QOVUSHOQ-ELASTIK TO'LDIRGICHGA EGA SILINDRIK QOBIQLARDA TO'LQINLAR TARQALISHINING DISPERSION TAHLILI
Authors/Creators
- 1. O'zbekiston milliy universiteti Jizzax filiali Amaliy matematika kafedrasi dotsenti
- 2. Jizzax davlat pedagogika universiteti, boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi o'qituvchisi
Description
Ushbu maqolada ichki bo‘shlig'i ikki qatlamli qovushoq-elastik muhit bilan to‘ldirilgan cheksiz uzunlikdagi yupqa devorli silindrik qobiqda tarqaladigan garmonik to‘lqinlarning dispersion xususiyatlari o‘rganilgan. Qobiqning deformatsiyalanishi Flyugge nazariyasi asosida, to‘ldiruvchi qatlamlarning reologik xossalari esa Kelvin-Foygt modeli yordamida hisobga olingan. Chegara va kontakt shartlarini qanoatlantiruvchi umumiy yechim Bessel funksiyalari orqali qurilgan bo‘lib, natijada frekans parametriga bog'liq kompleks dispersion tenglama olingan. Po‘lat qobiq va polimer to‘ldirgich parametrlari uchun o‘tkazilgan sonli hisoblar to‘ldirgichning ikkinchi qatlami qattiqligi ortishi bilan fazaviy tezlikning pasayishini va tebranishlarning so‘nish dekrementi ortishini ko‘rsatdi.