Published October 6, 2026 | Version v1

OILADAGI NIZOLARNING MAKTAB O'QUVCHILARI PSIXOLOGIK HOLATIGA TA'SIRI

Description

Oilaviy ajrimlar zamonaviy jamiyatning dolzarb muammolaridan biri bo‘lib, uning ijtimoiy iqtisodiy va psixologik oqibatlari tobora chuqurlashib bormoqda. Oila institutining barqarorligi jamiyatning mustahkamligini ta’minlovchi asosiy omil hisoblanadi, biroq ajrimlar sonining ortishi global miqyosda jiddiy tashvish uyg‘otmoqda. O‘zbekiston ham bu muammodan chetda emas, oilaviy nizolar va ajrimlar bolalarning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Ushbu tadqiqot oilaviy ajrimlarning bolalar tarbiyasiga, ularning ruhiyatiga va ma’naviyatiga ta’sirini har tomonlama o‘rganishga qaratilgan. Ajrim jarayoni bolalar hayotiga ko‘plab hissiy, ijtimoiy va ta’limga oid o‘zgarishlarni olib kiradi, bu esa ularning rivojlanish traektoriyasini sezilarli darajada o‘zgartiradi.

Files

27-32.pdf

Files (734.2 kB)

Name Size
md5:aae32b702c28e611e7dd00558ecd8dad
734.2 kB Preview Download