RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA KORXONALARDA MOLIYAVIY AXBOROT TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH YO'NALISHLARI
Authors/Creators
- 1. Farg'ona davlat texnika universiteti
- 2. i.f.d., dotsent v.v.b.
- 3. Farg'ona davlat texnika universiteti, 660-24 I guruh talabasi
Description
Raqamli iqtisodiyot sharoitida korxonalarda moliyaviy axborot tizimini takomillashtirish boshqaruv qarorlarining tezkorligi va aniqligini oshirish, moliyaviy ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlash hamda axborot oqimlarini samarali tashkil etishning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, moliyaviy ma’lumotlarning turli tizimlarda tarqoq shakllanishi, takroran kiritilishi, hisobotlarning kechikishi va axborot xavfsizligi bilan bog‘liq muammolar korxonalarda raqamli yondashuvlarni kengaytirishni taqozo etmoqda. Shu nuqtai nazardan, tadqiqotda moliyaviy axborot tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari sifatida axborot tizimlarini integratsiyalash, ma’lumotlarni standartlashtirish, real vaqt monitoringini joriy etish, takrorlanuvchi operatsiyalarni avtomatlashtirish, tahliliy vositalardan foydalanish, kiberxavfsizlikni kuchaytirish hamda xodimlarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish masalalari yoritilgan.