Published October 2, 2026
| Version v1
Journal article
Open
BO'LAJAK O'QITUVCHILARDA RAQAMLI IJODKORLIKNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI
Authors/Creators
- 1. Chirchiq davlat pedagogika universiteti "Pedagogika" fakulteti "Pedagogika" kafedrasi tayanch doktoranti
Description
Mazkur maqolada bo'lajak o'qituvchilarda raqamli ijodkorlikni shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Raqamli transformatsiya sharoitida bo'lajak o'qituvchilarning faqat raqamli vositalardan foydalanish ko'nikmalariga ega bo'lishi yetarli emasligi, balki ushbu vositalar yordamida yangi pedagogik g'oyalar, raqamli ta'lim mahsulotlari va ijodiy yechimlarni ishlab chiqish kompetensiyasini shakllantirish zarurligi asoslab berilgan. Tadqiqot doirasida 40 nafar bo'lajak o'qituvchi ishtirokida tajriba-sinov ishlari tashkil etilgan. Raqamli ijodkorlik darajasi motivatsion-ijodiy, kognitiv, faoliyatli-ijodiy va refleksiv-baholash mezonlari asosida baholangan. Tajriba guruhida raqamli ijodkorlikning yuqori darajasiga ega ishtirokchilar ulushi dastlabki bosqichdagi 15 foizdan yakuniy bosqichda 60 foizgacha oshgani aniqlangan. Olingan natijalar bo'lajak o'qituvchilarda raqamli ijodkorlikni rivojlantirishda raqamli ta'lim muhiti, ijodiy topshiriqlar, loyiha asosida o'qitish, mustaqil ravishda raqamli ta'lim mahsulotlarini yaratish hamda refleksiv faoliyatni tashkil etish muhim pedagogik shart-sharoitlar ekanligini ko'rsatadi.