Published October 6, 2026 | Version v1

FITOPLANKTON VA ZOOPLANKTON ASOSIDA YARATILGAN YANGI "FITOZOOPROTEIN" BALIQ OZUQASINING O'TKIR TOKSIKOLOGIK XAVFSIZLIGI

  • 1. Buxoro davlat pedagogika instituti, Biologiya va geografiya kafedrasi o'qituvchisi
  • 2. Buxoro davlat pedagogika instituti Biologiya va geografiya kafedrasi talabasi
  • 3. Buxoro davlat pedagogika instituti Biologiya va geografiya kafedrasi talabasi Email: nilufarsasulloyeva04icould@.com

Description

Ushbu tadqiqotda fitoplankton va zooplankton organizmlar biomassasi asosida biotexnologik usulda tayyorlangan yangi “Fitozooprotein” baliq ozuqasining biologik xavfsizligi va o‘tkir toksikologik xususiyatlari baholandi. Tajribalar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O.S. Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti laboratoriyasida zotsiz oq laboratoriya sichqonlarida olib borildi. Tadqiqotda o‘rganilayotgan ozuqa 2000 mg/kg dozada bir martalik intragastral yo‘l bilan yuborilib, hayvonlarning umumiy klinik holati, xulq-atvori, harakat faolligi, nafas olishi, toksikologik belgilari, tirik qolishi va tana massasi 14 kun davomida kuzatildi. Tajriba guruhida 5 ta hayvondan birortasida o‘lim holati qayd etilmadi. Preparat yuborilgandan keyin kuzatilgan qisqa muddatli funksional o‘zgarishlar keyinchalik bartaraf bo‘ldi. Kuzatuv davomida hayvonlarning tana massasi kamaymadi va umumiy fiziologik holati barqaror saqlandi. OECD TG 420 talablari asosida Fitozooproteinning ushbu tajriba sharoitidagi LD₅₀ ko‘rsatkichi 2000 mg/kg dan yuqori deb baholandi. Olingan natijalar “Fitozooprotein” ozuqasining o‘tkir toksikligi past ekanligini ko‘rsatadi va uning baliqchilikda qo‘llash xavfsizligini keyingi tadqiqotlar orqali chuqurroq baholash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Files

89-94.pdf

Files (881.4 kB)

Name Size
md5:1ce774adc250a6e6e080df96cddb85d4
881.4 kB Preview Download

Additional details

References

  • OECD. Test No. 420: Acute Oral Toxicity – Fixed Dose Procedure (Fixed Dose Procedure, FDP) : OECD Guideline for the Testing of Chemicals. – Paris: OECD Publishing, 2001. – 14 p
  • Raximov J.R. New Information on the Ecological Groups of High Water Plants of Khadycha Lake, Bukhara Region // International Journal of Genetic Engineering. – 2024. – №1. – P. 5–8.
  • Raximov J.R., Rajabov O., Bo'riyev S.B. Makrofit va zooplanktonlar asosidagi "fitozooprotein" baliq ozuqasining kimyoyiy tarkibini o'rganish // Xorazm Ma'mun akademiyasi axborotnomasi: ilmiy jurnal. – 2025. – №1. – B. 187–191.
  • Raximov J.R., Raxmonov R.R. Baliqchilik xo'jaliklarida baliq mahsuldorlikni oshirishda yordamchi usullardan foydalanish istiqbollari // "Ko'p tarmoqli fermer xo'jaliklarida mahsulot ishlab chiqarishning innovatsion texnologiyalari" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to'plami. – Buxoro, 2016. – 27 may. – B. 94–99
  • Tacon A.G.J., Hasan M.R., Metian M. Demand and Supply of Feed Ingredients for Farmed Fish and Crustaceans: Trends and Prospects. FAO Fisheries and Aquaculture Technical Paper No. 564. – Rome: Food and Agriculture Organization of the United Nations, 2011. – 87 p