INFORMATIKA DARSLARIDA O'QUVCHILARNI MA'NAVIY-AXLOQIY TARBIYALASH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH: INSTITUTSIONAL YONDASHUVLAR VA BOSHQARUV MEXANIZMLARI
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada raqamli texnologiyalar jadal rivojlanayotgan sharoitda informatika darslarida o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash metodikasini takomillashtirish masalasi ko‘rib chiqilgan. Maqolaning maqsadi – informatika fani mazmunini axborot etikasi, raqamli fuqarolik va kiberxavfsizlik madaniyati kabi tarbiyaviy komponentlar bilan boyitish yo‘nalishlarini asoslash hamda ushbu jarayonni tashkil etishning institutsional modeli va boshqaruv mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda me’yoriy-huquqiy hujjatlar va ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish, o‘quv dasturlarini kontent-tahlil qilish hamda pedagogik loyihalashtirish metodlaridan foydalanilgan. Natijada informatika darslari mazmunini boyitish yo‘nalishlari, tegishli metodik yondashuvlar hamda maktab – hudud – respublika darajalarini qamrab oluvchi uch bosqichli institutsional model taklif etilgan. Taklif etilgan yondashuvlar informatika ta’limi samaradorligini oshirish bilan bir qatorda, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq shaxs sifatida shakllantirishga xizmat qiladi.