Published October 6, 2026
| Version v1
Journal article
Open
NOSTOC CALCICOLA 25 VA ANABAENA VARIABILIS 21 SHTAMMLARINING BIOTEXNOLOGIK POTENSIALI
Authors/Creators
- 1. Qarshi davlat universiteti o'qituvchisi
- 2. Qarshi davlat universiteti kimyo fanlar doktori, professor
Description
Ushbu tezisda ekstremal sharoitlarga moslashgan mahalliy azotfiksatsiyalovchi sianobakteriyalarning biotexnologik imkoniyatlari, xususan, Nostoc calcicola 25 va Anabayena variabilis 21 shtammlarining sho'rlangan muhitga chidamliligi, biologik faol moddalar hosil qilishi, pestitsidlarni parchalanishidagi faolligi hamda qishloq xo'jaligida qo'llash istiqbollari tahlil qilingan. Tadqiqotlar natijasida mahalliy sianobakteriyalar yuqori konsentratsiyadagi NaCl sharoitida ham o'sishi va faol azot fiksatsiyalashi aniqlandi. Nostoc calcicola 25 va Anabayena variabilis 21 shtammlari indol-3-sirka kislotasi (IAA) hosil qilishi bilan birga, pestitsidlar bilan ifloslangan sho'rlangan tuproqlarni biologik tozalashda ham yuqori faollik ko'rsatgan. Mazkur shtammlarning majmuaviy biologik xususiyatlari ular asosida ekologik xavfsiz va qishloq xo'jaligi uchun samarali biopreparatlar yaratish imkoniyatini ko'rsatadi.