Published September 25, 2026 | Version v1

O'ZBEK TILI IBORALARINI ANIQLASHDA LSA VA LDA GIBRID MODELI

  • 1. Toshkent shahridagi Belarus -O'zbekiston qo'shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikasiyalar instituti
  • 2. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent, O'zbekiston

Description

Iborani gapda avtomatik topish mashinaviy tarjimaning dastlabki va hal qiluvchi bosqichidir. Ushbu ishda matn to‘plamidan avtomatik o‘rganiladigan ikki mavzu modeli, yashirin semantik tahlil (LSA) va yashirin Dirixle taqsimoti (LDA), bitta gibrid belgilar to‘plamiga birlashtirilib, shu to‘plamning o‘zbek iboralari ontologiyasidan olingan belgilarga qo‘shimcha bera olishi tekshirildi. Sinov 860 ta belgilangan gap, 1,07 million leksemali matn to‘plami va 2 098 iborali ontologiya asosida uch xil tasniflagichda o‘tkazildi. Gibrid mavzu belgilari o‘zi alohida olinganda F1 0,52 dan 0,57 gacha darajada qoldi, ontologiya belgilari ustiga qo‘shilganda esa uchala tasniflagichda ham natijani kamaytirdi va bu kamayish McNemar mezoni bo‘yicha ishonchli. Shu asosda hujjat darajasidagi mavzu modellari ibora aniqlash uchun yaroqsiz, ontologiya esa hal qiluvchi manba degan xulosa chiqariladi.

Files

O‘ZBEK TILI IBORALARINI ANIQLASHDA LSA VA LDA GIBRID MODELI.pdf

Files (1.1 MB)