Published September 1, 2026
| Version v1
Journal article
Open
MIKROMOLIYA TASHKILOTLARINING AKTIV OPERATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH YO'LLARI
Authors/Creators
- 1. O'zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti
Description
Ushbu maqolada mikromoliya tashkilotlarining aktiv operatsiyalarini rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Mikromoliya tashkilotlari aktivlarining asosiy qismini tashkil etuvchi kredit operatsiyalarining iqtisodiy mazmuni, mikrokreditlash xizmatlarini diversifikatsiya qilish, raqamli texnologiyalar asosida kredit ajratish, kredit risklarini boshqarish hamda aktivlar rentabelligini oshirish masalalari tahlil qilingan. O'zbekiston mikromoliya sektorining zamonaviy rivojlanish tendensiyalari Markaziy bank ma'lumotlari asosida baholangan. Tadqiqot natijalari mikromoliya tashkilotlarining aktiv operatsiyalarini rivojlantirishda raqamli kreditlash, mijozlarning kreditga layoqatliligini avtomatlashtirilgan baholash, kredit portfelini diversifikatsiya qilish, muqobil moliyalashtirish manbalarini kengaytirish va risklarni samarali boshqarish muhim ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatadi. Maqolada mikromoliya tashkilotlarining moliyaviy barqarorligi va raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
Files
MI-2026-04615.pdf
Files
(1.8 MB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:bd1e04dbca6e89e1a9ec276b83821f7d
|
1.8 MB | Preview Download |