Published October 4, 2026
| Version v1
Conference paper
Open
CORPUS-BASED LINGUOSTATISTICAL ANALYSIS OF UZBEK SCIENTIFIC DISCOURSE: LEXICAL UNITS AND DISCOURSE MARKERS
Authors/Creators
Description
Maqolada o‘zbek ilmiy diskursining leksik tarkibi va diskursiv xususiyatlari korpusga asoslangan lingvostatistik yondashuv asosida tadqiq etildi. Tadqiqot materiali O‘zbekiston Milliy universiteti ilmiy nashrlaridan tanlangan 150 ta maqoladan shakllantirilgan 233475 tokenli korpusdan iborat. Chastota va nisbiy chastota tahlili asosida yuqori chastotali leksik birliklar hamda ilmiy argumentatsiyada faol qo‘llanuvchi diskurs markerlari aniqlanib, funksional guruhlar bo‘yicha tasniflandi. Tadqiqot natijalari korpusga asoslangan lingvostatistik yondashuv o‘zbek ilmiy diskursining leksik va diskursiv xususiyatlarini empirik jihatdan tavsiflashda samarali vosita ekanligini ko‘rsatadi.