BILINGVAL MAKTABLARDA INGLIZ TILINI O'QITISHDA TANQIDIY FIKRLASH KO'NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada bilingval maktablarda ingliz tilini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning
tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning nazariy, pedagogik va metodik asoslari
yoritilgan. Zamonaviy ta’lim jarayonida xorijiy tilni o‘zlashtirish faqat grammatik qoidalar,
leksik birliklar va tayyor nutq namunalarini egallash bilan cheklanib qolmay, o‘quvchining
mustaqil fikrlashi, axborotni tahlil qilishi, dalillarni taqqoslashi, muammoga turli nuqtayi
nazardan yondashishi, xulosa chiqarishi hamda o‘z fikrini asoslay olishi bilan ham
belgilanadi. Ayniqsa, bilingval ta’lim muhitida o‘quvchilarning ikki yoki undan ortiq til
bilan bog‘liq tajribasi ularning fikrlash faoliyatini tashkil etishda muhim pedagogik resurs
sifatida namoyon bo‘ladi.