ZAMONAVIY MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTINI BOSHQARISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR
Authors/Creators
Description
Maqolada zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkilotini samarali boshqarishda innovatsion yondashuvlarning o‘rni va amaliy ahamiyati yoritiladi. Maktabgacha ta’lim bolaning keyingi ta’lim bosqichlari, ijtimoiy moslashuvi, mustaqil fikrlashi va shaxsiy qobiliyatlari shakllanishining muhim poydevori hisoblanadi. Shu sababli bog‘cha faoliyatini faqat bolalarni kun davomida parvarish qilish bilan cheklab qo‘ymasdan, sifatli ta’lim, tarbiya, rivojlantiruvchi muhit va ota-onalar bilan hamkorlikni yagona tizim sifatida tashkil etish zarur. Maqolada ayrim maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifati, zamonaviy pedagogik metodlardan foydalanish, qo‘shimcha xorijiy tillarni o‘rgatish va ota-onalarga ochiq axborot berish bilan bog‘liq muammolar tahlil qilinadi. Shuningdek, rahbarning pedagogik jamoani rivojlantirish, sifatni muntazam monitoring qilish, bolalar uchun til va STEAM yo‘nalishlarini bosqichma-bosqich joriy etish, raqamli vositalardan maqsadli foydalanish hamda ota-onalar bilan ishonchli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy takliflar ilgari suriladi.
Files
1 (84).pdf
Files
(409.4 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:d9970f591056b2f0c88469634a9b3b86
|
409.4 kB | Preview Download |