Published October 3, 2026 | Version v1

QORAQALPOG'ISTONDA XOTIN-QIZLARNING IJTIMOIY-IQTISODIY HIMOYASINI TA'MINLASHDA KASABA UYUSHMALARINING ROLI

Description

Mazkur maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasida xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, bandligini ta’minlash, mehnat huquqlarini kafolatlash va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash jarayonida kasaba uyushmalarining o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda kasaba uyushmalari tizimining xotin-qizlar bandligini oshirish, tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish, mehnat muhofazasini ta’minlash, sog‘lomlashtirish va moddiy yordam ko‘rsatishga qaratilgan faoliyati statistik va hujjatli materiallar asosida ko‘rib chiqildi. Xususan, 2020–2024-yillarda “Ayollar daftari” tizimi orqali amalga oshirilgan ishlar, ish bilan ta’minlangan va tadbirkorlikka jalb etilgan xotin-qizlar soni, ajratilgan kredit va moddiy yordamlar tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari kasaba uyushmalari xotin-qizlarning nafaqat mehnat huquqlarini himoya qiluvchi, balki ularning ijtimoiy barqarorligi, iqtisodiy mustaqilligi va jamiyatdagi faolligini ta’minlashga xizmat qiluvchi muhim institutsional mexanizm ekanini ko‘rsatadi.

Kalit so‘zlar: kasaba uyushmalari, xotin-qizlar, ijtimoiy himoya, bandlik, mehnat huquqlari, gender tengligi, tadbirkorlik, Qoraqalpog‘iston

Files

91-96.pdf

Files (437.5 kB)

Name Size
md5:70b53163f937f53e96ef120054e81966
437.5 kB Preview Download