Published September 30, 2026 | Version v1

BO'LAJAK MUSIQA TA'LIMI O'QITUVCHILARINING RAQAMLI-PEDAGOGIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING AMALIY-METODIK MEXANIZMLARI

Authors/Creators

Description

Mazkur tezisda bo‘lajak musiqa ta’limi o‘qituvchilarining raqamli-pedagogik kompetensiyasini rivojlantirishning amaliy-metodik mexanizmlari yoritilgan. Tadqiqotda raqamli texnologiyalarni o‘zlashtirish jarayonini amaliy va kasbiy faoliyat bilan bog‘lashga asoslangan metodik yondashuv taklif etiladi. Kompetensiyani rivojlantirish jarayoni motivatsion-diagnostik, integrativ-amaliy hamda refleksiv-baholash bosqichlari asosida tashkil etiladi. Har bir bosqichda talabalarning raqamli musiqa resurslari bilan ishlashi, multimedia materiallarini ishlab chiqishi, nota dasturlaridan foydalanishi, interaktiv topshiriqlar yaratishi, raqamli ijodiy loyihalarni amalga oshirishi va o‘z pedagogik faoliyatini tahlil qilishi nazarda tutiladi. Shuningdek, raqamli portfolio, mikro-dars, loyiha va muammoli topshiriqlardan foydalanish orqali talabalarning mustaqil hamda ijodiy faoliyatini rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rsatiladi. Mazkur mexanizmlar bo‘lajak musiqa ta’limi o‘qituvchilarining raqamli vositalarni pedagogik vazifalarga mos tanlash va ulardan samarali foydalanish kompetensiyasini shakllantirishga xizmat qiladi.

Files

ZDIF 2227.pdf

Files (238.1 kB)

Name Size
md5:4f6514fcd2f7daab594a4d1aa0d0a027
238.1 kB Preview Download