SALOMLASHISH – MULOQOT KO'PRIGI: DUNYO TAJRIBASI, DINIY ASOSLAR VA O'ZBEK XALQ QADRIYATLARI
Authors/Creators
Description
Ushbu maqolada salomlashish odobi — uning mohiyati, ahamiyati va turli xalqlardagi o‘ziga xos ko‘rinishlari tahlil qilinadi. Maqolada dunyo xalqlarining salomlashish udumlari (hind, afg‘on, ingliz, fransuz, yapon va koreys xalqlari misolida) o‘zbek xalqi an’analari bilan qiyoslanadi. Shuningdek, o‘zbek xalqida kimga, qachon va qanday salom berish lozimligi, salomlashishning oilaviy va ijtimoiy hayotdagi o‘rni yoritiladi. Maqolaning asosiy g‘oyasi — ko‘pchilik tomonidan “oddiy odob-axloq qoidasi” deb qaraladigan salomlashishning aslida insoniy munosabatlar, hurmat va mehr-oqibatning chuqur ifodasi ekanini isbotlashdan iboratdir. Bu fikr payg‘ambarimiz hadislari hamda Burhoniddin Marg‘inoniy, Yusuf Xos Hojib kabi ulamolarning asarlaridan keltirilgan dalillar bilan asoslab beriladi. Maqola yosh avlodni ajdodlar merosiga sodiq qolib, ushbu qadriyatni asrab-avaylashga chorlash bilan yakunlanadi.
Files
84-87.pdf
Additional details
References
- 1. Mahmud Sattorov. O'zbek milliy udumlari, "Salom va alik" bo'limi. — Toshkent: O'zbekiston Respublikasi "Fan" nashriyoti, 1993.