Published October 2, 2026 | Version v1

O'ZBEK TILI TERMINOLOGIK BIRLIKLARINI KORPUS VA SUN'IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA TADQIQ ETISH

Description

Mazkur maqolada o‘zbek tilidagi farmatsevtik terminlarni sun’iy intellekt texnologiyalari asosida avtomatik aniqlash, ajratib olish va semantik jihatdan tasniflash masalalari tadqiq etiladi. Farmatsevtik terminologiyaning tarkibiy va semantik xususiyatlarini avtomatik qayta ishlashda tabiiy tilni qayta ishlash (NLP), mashinaviy o‘qitish hamda neyron tarmoq modellaridan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda farmatsevtik matnlardan terminologik birliklarni aniqlash, ularni morfologik, leksik-semantik va tematik xususiyatlariga ko‘ra guruhlash hamda terminlarning sohaga oid axborotni ifodalash imkoniyatlarini belgilashga e’tibor qaratiladi.

Sun’iy intellekt asosidagi avtomatik tasniflash terminologik ma’lumotlar bazalarini shakllantirish, farmatsevtik axborotni izlash va qayta ishlash hamda o‘zbek tilidagi raqamli lingvistik resurslarni takomillashtirish uchun muhim vosita sifatida baholanadi. Tadqiqot natijalari o‘zbek farmatsevtik terminologiyasini avtomatik qayta ishlash va standartlashtirishning lingvistik hamda texnologik asoslarini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Files

310-313.pdf

Files (640.8 kB)

Name Size
md5:6dc18b363374bdfb5636cba9702f51cb
640.8 kB Preview Download