Published October 2, 2026 | Version v1

QADIMGI BAQTRIYA VA KUSHONLAR DAVRI E'TIQODLARIDA ZOOMORFIK OBRAZLAR SEMANTIKASI: TERMIZ ARXEOLOGIYA MUZEYIDAGI CHAYON RELEYEFLI STATUETKA TAHLILI

Description

Mazkur maqolada Qadimgi Baqtriya va Kushonlar davri e’tiqodlari tizimida zoomorfik obrazlarning semantik mazmuni, ularning diniy-mifologik qarashlar hamda marosimiy amaliyotlardagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy obyekti sifatida Termiz Arxeologiya muzeyi fondida saqlanayotgan chayon relefi tasvirlangan statuettka tanlanib, uning ikonografik xususiyatlari, badiiy ifodasi va ramziy mazmuni o‘rganiladi. Chayon obrazining qadimgi Baqtriya va Kushonlar madaniy muhitidagi ehtimoliy semantik qatlamlari — himoya, xavf, hayot va o‘lim, qayta tug‘ilish, yer osti kuchlari hamda kosmologik tasavvurlar bilan bog‘liq jihatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Shuningdek, arxeologik topilmaning shakliy-kompozitsion xususiyatlari va undagi zoomorfik detalning umumiy diniy-mifologik kontekstni anglashdagi ahamiyati yoritiladi. Tadqiqot natijasida chayon tasviri shunchaki dekorativ unsur emas, balki qadimgi jamiyatning tabiat, ilohiy kuchlar va inson xavfsizligi haqidagi tasavvurlarini aks ettiruvchi ramziy obraz sifatida talqin qilinishi mumkinligi asoslanadi. Mazkur yondashuv Baqtriya va Kushon davri san’ati hamda e’tiqodlarida zoomorfik timsollarning funksional-semantik xususiyatlarini chuqurroq anglashga xizmat qiladi.

Files

342-348.pdf

Files (830.0 kB)

Name Size Download all
md5:d5083d52281fcdc9b523a998095d938d
830.0 kB Preview Download