Published October 2, 2026 | Version v1

ZAMONAVIY O'ZBEK NASRIDA NEOMIFOLOGIZM VA ZAMONAVIY AFSONA POETIKASI(Isajon Sulton asarlari misolida)

Description

Annotatsiya. Ushbu tezisda zamonaviy o‘zbek nasrida neomifologik tafakkurning namoyon bo‘lish shakllari Isajon Sulton ijodi misolida tahlil qilinadi. Tadqiqotda mifologik syujetni tayyor holda takrorlash emas, balki qadimiy ramz, arxetip va folklor kodlarining zamonaviy insonning ma’naviy izlanishlari bilan qayta semantizatsiyalanishi asosiy mezon sifatida qaraladi. Adibning “Boqiy darbadar”, “Ozod” va “Bog‘i Eram” asarlarida vaqtning chiziqli emas, aylanasimon va xotiraviy shaklda qurilishi, yo‘l, bog‘, sahro, chegaraviy makon kabi timsollarning insonning ichki holatini ifodalovchi poetik vositaga aylanishi yoritiladi. Shuningdek, zamonaviy afsona poetikasining qahramonning o‘zlikni anglash jarayoni, tarixiy xotira va axloqiy tanlovni badiiy umumlashtirishdagi vazifasi ochib beriladi.

Files

462-464.pdf

Files (446.1 kB)

Name Size Download all
md5:20f5a76bab02324a5e37d4c3ba666c68
446.1 kB Preview Download

Additional details

References

  • 1.Sulton, I. (2011). Boqiy darbadar: roman va hikoyalar. Toshkent: O'zbekiston nashriyoti.
  • 2.Sulton, I. (2012). Ozod: roman va hikoyalar. Toshkent: Sharq nashriyoti.
  • 3.Sulton, I. (2015). Bog'i Eram: qissa va hikoyalar. Toshkent: Sharq nashriyoti.
  • 4.Quronov, D. (2018). Adabiyot nazariyasi asoslari. Toshkent: Akademnashr.
  • 5.Normatov, U. (2007). Yangi o'zbek adabiyoti. Toshkent.