ASOSIY VA QO'SHIMCHA MA'MURIY JAZO CHORALARINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida nazarda tutilgan asosiy va qo‘shimcha ma’muriy jazo choralarining huquqiy tabiati, ularni qo‘llash tartibi, o‘zaro farqli va umumiy jihatlari hamda bitta ma’muriy huquqbuzarlik uchun asosiy yoki asosiy va qo‘shimcha jazo choralarini birgalikda qo‘llashning huquqiy asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotda MJtKning 23 va 24-moddalari mazmunidan kelib chiqib, ma’muriy jazo choralarini tasniflashning huquqiy mezonlari ochib beriladi. Ashyolarni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish, musodara qilish va maxsus huquqdan, xususan, transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etishning ham asosiy, ham qo‘shimcha jazo sifatida qo‘llanish imkoniyati alohida tahlil qilinadi